Bo‘sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilinadi
«O‘zbekneftgaz» AJ bosh geolog lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.
• Neft va gaz geologiyasi, neft-gaz ishi, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, geologik suratga olish, konlarni izlash va razvedka qilish, shuningdek, quduqlarni geofizik tadqiq etish usullari yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• Rus va ingliz tillarini kamida C1 (ilg‘or) darajada bilish;
• Kompyuterdan (MS Office) ishonchli foydalanuvchi bo‘lish;
• Chet ellik mutaxassislar (ekspatlar) yoki xalqaro neft-gaz kompaniyalarida (“Shell”, “Saudi Aramco”, “Sinopec”, “PetroChina”, “ExxonMobil”, “QatarEnergy”, “Tatneft”, “Petronas”, “Lukoyl”, “Gazprom”, “SOCAR”, “PetroVietnam”, “Schlumberger” va boshqalar) kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari.
Vazifalar va funksional majburiyatlar:
• Yagona texnik siyosatni yuritish, GRI (geologiya-razvedka ishlari) samaradorligini tahlil qilish va baholash, yangi istiqbolli GRI loyihalarini ishlab chiqish va rivojlantirish;
• Kompaniyaning uglevodorod xomashyo bazasini tahlil qilish, uni kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, G‘RРning eng samarali yo‘nalishlarini aniqlash;
• GRIni rivojlantirishning yillik, o‘rta va uzoq muddatli prognozlari hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, strategik va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
• GRIdasturlarini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash, ularning bajarilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
• GRIning joriy holatini monitoring qilish va tezkor tahlil asosida qarorlar qabul qilish;
• Qidiruv, razvedka va parametrik quduqlar joylashuvini belgilash va tasdiqlash;
• Zamonaviy 3D seysmik tadqiqotlarning yangi loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va monitoringini tashkil etish;
• Qidiruv, razvedka va parametrik quduqlarni burg‘ilash hamda geofizik tadqiqotlar jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha qarorlar va bayonnomalarni tasdiqlash;
• Quduqlarda GІS, GTI, GDI, GKI, PVR va boshqa tadqiqot ishlarini o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
• GRI dasturlari doirasida pudrat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni tahlil qilish;
• Burg‘ilash kompaniyalari tomonidan GRIni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishini nazorat qilish va ta’minlash;
• GRIni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• Tabiatni muhofaza qilish, sanitariya va boshqa nazorat organlarining me’yoriy hujjatlariga, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish;
• Geologiya departamenti yangi tuzilmasini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlash;
• Yuqori malakali kadrlarni tanlash, joylashtirish, ularning malakasini oshirish va rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
• Ish tashkilotini takomillashtirish, dunyo tajribasiga asoslangan samaradorlikni oshirish, dala va kameral ishlarning natijadorligini ko‘paytirish;
• GRIni amalga oshirishda xorijiy ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy usullar va innovatsion yechimlarni qo‘llash;
• GRI samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish;
• GRI bo‘yicha tenderlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, pudratchilarni tanlashda samaradorlikni oshirish;
• GRI bo‘yicha komissiyalar, qo‘mitalar va ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va topshiriqlari, hukumat qarorlari hamda jamiyat boshqaruvi va buyruqlari ijrosini ta’minlash;
• Hukumat qarorlari loyihalarini, shuningdek, Jamiyatning GRI bilan bog‘liq ichki me’yoriy hujjatlarini tayyorlash va kelishish;
• GRI bo‘yicha hisobot shakllarini tegishli vazirlik va idoralarga o‘z vaqtida taqdim etish;
• GRI bo‘yicha Jamiyat manfaatlarini boshqa vazirlik va idoralarda ifodalash;
• Jamiyatning ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalaridan GRI masalalari bo‘yicha ma’lumot va hujjatlarni so‘rash va olish;
• Neft-gaz quduqlarini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan geologik-texnik loyihalar va smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
• Parametrik, qidiruv-razvedka quduqlarining loyihalarini muvofiqlashtirish va natijalarini baholash;
• Burg‘ilashga kiritiladigan quduqlarning optimal konstruktsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
• Loyihada nazarda tutilmagan, ammo geologik asoratlarni bartaraf etish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni tahlil qilish;
• GRI bo‘yicha buyruq va ko‘rsatmalar loyihalarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
• GRI bo‘yicha hay’at va yig‘ilishlarda, kuzatuv kengashi va boshqa qo‘mitalar ishida ishtirok etish;
• Analitik fikrlash, mas’uliyat, stressga bardoshlilik, aniqlik, jamoada ishlash va ko‘p vazifali muhitda faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
• Neft-gaz sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi, boshqaruv, xavfsizlik, mehnat muhofazasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish.
Nomzodlar 2025-yil 7-noyabrgacha quyidagi havola orqali ariza va rezyumelarini yuborishlari kerak: https://www.ung.uz/about/vacancy/21/sub/46/1
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +(99871) 207-27-72 (23-36, 25-69)