Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti Operatsion samaradorlikni oshirish bo‘limiga menejer lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar:
• ma’lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: iqtisodiyot, neft va gaz sohasi, texnologiya, muhandislik, menejment, biznes yo‘nalishlaridan biri;
• tillarni bilish darajasi: o‘zbek va rus tillari - mukammal, ingliz tili (qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);
• kompyuter savodxonligi: mukammal foydalanuvchi (MS office);
• ish tajribasi: neft va gaz sohasida kamida 3 yil;
Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:
• Operatsion samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish va biznes jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
• Transformatsiya va operatsion samaradorlik loyihalarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
• Loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish, erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
• Ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligini baholash va tahlil qilish;
• Amaldagi biznes jarayonlarini diagnostika qilish, kamchiliklar, samarasiz jarayonlar va ishlab chiqarish yo‘qotishlarini aniqlash;
• Kompaniyada o‘rnatilgan standartlar va tartiblarga rioya qilish.
Nomzodlar 2025 yil 28 fevralga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.