“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati, boshqarma va zavodlarda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida tashkiliy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bu tadbirlar soha xodimlarning Bosh qomusimiz haqidagi bilimlarini, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32 yoshda” mavzusida tashkil etilgan seminarda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, tarixiy ahamiyati, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni, davlatimiz rivoji uchun muhimligi haqida so‘z bordi.
Joriy yil 3 dekabr kuni “Mening Konstitutsiyam va Davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant tashkil etilgan edi. Unda ishtirok etgan xodimlar o‘z bilimlari bilan Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari va davlat tilining ahamiyatini namoyon etdilar.
Seminar doirasida tashkil etilgan taqdirlash marosimida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Diktant natijalari bo‘yicha Xaridlar departamenti xodimi Murodjon Fayziyev 1-o‘rin, Gazni qayta ishlash va gaz kimyo departamenti xodimi Rahmatjon Sobirjonov 2-o‘rin, Boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti xodimi Doston Zulunov 3-o‘rinni egalladilar.