November 13

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish va ular bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yosh kadrlarning kasbiy o‘sishini, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Muloqotda korxona faoliyatida yoshlarning o‘rni va ahamiyati e’tirof etilib, ularning yangi loyihalardagi ishtiroki muhimligi ta’kidlandi. Yosh xodimlar zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish va kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishga chorlandi.

Yosh mutaxassislar texnologik yangiliklar, yashil energetika, innovatsion loyihalar hamda kadrlar salohiyatini oshirishga oid masalalar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar va yakunda tegishli vazifalar belgilandi.

Tadbir so‘ngida o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yosh mutaxassislar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati