May 14

Yalpi sessiya o‘z ishini yakunladi

Ruscha

Avval xabar berilganidek, Energetika haftaligining asosiy tadbiri "O‘zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq energetika siyosatini uyg‘unlashtirish" yalpi sessiyasi o‘z ishini ishini yakunladi.

Unda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Ozarbayjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi - “SOCAR” prezidenti Rovshan Nadjav va qator neft va gaz kompaniyalarining rahbarlari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston, boshqa ko‘plab mamlakatlar singari, kelajak avlodlar uchun yanada barqaror va samarali energiya tizimini yaratishga intilmoqda. Ishtirokchilar bu borda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Xorijiy hamkorlar bilan qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash va yangi texnologiyalarni rivojlantirish kabi asosiy masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook