"Taxiatosh neft bazasi"da moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari belgilandi
Ishchi guruh tomonidan "Taxiatosh neft bazasi"ning joriy faoliyati, ishlab chiqarish va xo‘jalik jarayonlari o‘rganildi.
Mavjud infratuzilma holati, moddiy-texnika bazasi, moliyaviy ko‘rsatkichlar hamda obyektdan foydalanish samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, neft mahsulotlarini saqlash va tarqatish jarayonlaridagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar natijasida korxona faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish, konservatsiya qilish orqali xarajatlarni qisqartirish va daromadlar hajmini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ayniqsa, foydalanilmayotgan yoki to‘liq quvvatda ishlamayotgan binolardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga korxona faoliyatini yanada yaxshilash, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda aniq muddatlar asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.