June 7, 2023

“O‘zbekneftgaz”: “Honeywell UOP” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va “Honeywell UOP” kompaniyasi prezidenti Ben Driggs bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar "O‘zbekneftgaz"AJ ishlab chiqarish maydonlarini raqamlashtirishda “Honeywell UOP” texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini qo‘llash borasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Ta’kidlash joizki, AQSHning “Honeywell UOP” kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 20 yildan ziyod vaqtdan buyon faoliyat olib bormoqda. Kompaniya bilan texnologik uskunalarning litsenziri va pudratchisi sifatida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Ustyurt gaz kimyo majmuasi, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Asia Trans Gas” MCHJ QK, “Uzbekistan GTL” zavodi kabi korxonalarda 20 dan ortiq qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi qadamlari belgilab olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|