Xitoy milliy neft korporatsiyasi (CNPC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xitoy milliy neft korporatsiyasi (CNPC) boshqaruv raisi Day Xoulyan boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda ikki davlat energetika sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
CNPC va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida neft-gaz geologiyasi va qazib chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar sohadagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, mavjud loyihalarni samarali amalga oshirish hamda yangi yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyorligini ta’kidladilar.