November 22, 2024

Xodimlar uchun “Iqtisodiy o‘qish” tashkil etildi

“O‘zbekneftgaz” AJ xodimlarining bilimlarini doimiy oshirib borish maqsadida Jamiyat xodimlariga joriy yil oktyabr-dekabr oylari uchun “Iqtisodiy o‘qish” grafigi va dasturi tasdiqlangan edi.

Boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti tomonidan tashkil etilgan navbatdagi seminarda ijro intizomini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda tarkibiy bo‘linmalar rahbar va mutaxassislar shaxsiy javobgarligini yanada oshirish mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi.

Adliya vazirligi mas’uli ishtirokchilarga taalluqli masalalar bo‘yicha Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartiblar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida Jamiyatdagi ijro intizomi holati, muammo va kamchiliklar to‘g‘risida to‘xtalinib, Jamiyat boshqaruv organlarining qaror va buyruqlari, normativ-huquqiy hujjatlari hamda elektron hujjatlar aylanmasi bilan ishlashda har bir xodim shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi..

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook