December 3, 2024

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Yuridik departamentining Xalqaro-huquqiy ish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar quyidagilardan iborat:

Ma’lumoti: oliy;
Mutaxassisligi: yurisprudensiya, xalqaro huquq, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan nomzodlar;
Tillarni bilishi: o‘zbek, rus, ingliz tillari;
Sertifikatlarning mavjudligi: Xorijiy tillarni bilishni tasdiqlovchi sertifikatlarning mavjudligi ustunlik beradi;
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Word, Excel, Power point va ish jarayonida talab etiladigan kompyuter dasturlaridan foydalana olish;
Ish tajribasi: Yuridik mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil;

Maxsus ko‘nikmalar:

• O‘z ishini puxta bilishi, muzokaralarda erkin qatnasha olishi, hamkor tashkilotlar va fuqarolar bilan muloqatga kirisha olishi;
• Ishga mas’uliyat bilan yondashish;
• Javobgarlikni his qilish;
• Ichki tartib-qoidalarga rioya qilish;

Nomzodlar 2024 yil 5 dekabrga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali jo‘natishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook