Ishchi guruh “Uzbekistan GTL”da amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandi
"Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh “Uzbekistan GTL” MCHJda amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandi.
Dastlab Boshqaruv raisi zavodning ishlab chiqarish jarayonlari hamda zavodda oʻrnatilgan zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
“GTL” texnologiyasining oʻziga xos jihatlari, tabiiy gazdan yuqori sifatli suyuq yoqilgʻi — dizel, nafta va aviakerosin mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni haqida batafsil taqdimot oʻtkazildi.
Shuningdek, zavodning markaziy boshqaruv binosidagi ishlab chiqarishni masofadan boshqarish tizimi, xavfsizlik nazorati hamda avtomatlashtirilgan jarayonlarni koʻzdan kechirdi.
Bundan tashqari Markaziy laboratoriyadagi mahsulot sifatini nazorat qilish, tahlil qilish usullari va laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishildi.