March 3

Laboratoriya xodimlariga maxsus guvohnomalar topshirildi

Ruscha

“Uzbekistan GTL” MCHJ Markaziy laboratoriyasining barcha xodimlari O‘zbekiston Standartlar institutida o‘tkazilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.

Unda xodimlar texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya hamda muvofiqlikni baholash yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Kurs yakunida ishtirokchilar imtihonlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishib, tegishli sertifikatlar bilan taqdirlandilar hamda ularga maxsus guvohnomalar topshirildi.

Endilikda kurs qatnashchilari korxonadagi sifat menejmenti tizimini yanada takomillashtirish, laboratoriya jarayonlarini samarali boshqarish va xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook