Xodimlar uchun ingliz tili kurslari tashkil etildi
Har bir tashkilot o‘z strategik maqsadlariga erishish uchun zamonaviy fikrlaydigan, yangilikka moslashuvchan va fidoyi xodimlarga ega bo‘lishi kerak. Inson kapitaliga investitsiya kiritish, texnologik rivojlanish davrida muhim ahamiyatga ega.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tashkil etilgan ingliz tili kurslari ham xodimlarning kasbiy rivojlanishini ta'minlash va ularning bilim darajasini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Ushbu kurslar orqali xodimlarga o‘z sohalarida samarali faoliyat olib borishlari uchun kerakli ko‘nikmalarni berish maqsad qilingan.
Kurslarda “Ung training” MChJ tomonidan yuqori malakali mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, ular zamonaviy ta'lim usullari asosida dars olib bormoqda.
Dasrlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga Davlat ta'lim standartiga muvofiq sertifikatlar beriladi. Bu sertifikatlar xodimlarning professional darajasini rag‘batlantiradi va ular uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Qayd etish joizki, Jamiyatda xorijiy tillarni bilish haqidagi sertifikatga (IELTS, TOEFL) ega bo‘lgan xodimlarga har oyda qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshiriladi.