December 16

“Konstitutsiya kubogi” iqtidorli va bilimli yoshlarni birlashtirdi

Ruscha

Joriy yilning 13-14 dekabr kunlari Buxoro shahrida "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar o‘rtasida “Intellektual olimpiada-2024” doirasida “Konstitutsiya kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada 20 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan “Xamsa”, “Zakovat”, “Breyn ring” kabi o‘yinlarda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi.

Turnir yakuni bo‘yicha umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan “Uz-Kor Gaz Chemical” jamoasi 1-o‘rin g‘olib deb topildi va kubokni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi jamoasiga, 3-o‘rin esa “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparat jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib jamoalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook