April 10, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Moskva neftgaz biznesi instituti vakillari “Uzbekistan GTL” zavodi faoliyati bilan tanishdi

Ruscha

Moskva neftgaz biznesi instituti vakillari "Uzbekistan GTL" zavodidagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida xorijiy delegatsiya vakillari “GTL” zavodida tayyorlanayotgan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarning ishlab chiqarish holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, "Uzbekistan GTL" zavodining markaziy boshqaruv binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Delegatsiya vakillari zamonaviy qurilma va asboblar bilan jihozlangan markaziy laboratoriyada Yevropa ekologik standarti va “O'zDSt EN 15940:2022” milliy standartlariga javob beradigan yuqori sifatli “GTL” dizel yoqilg‘isi – “Euro-6”(YeN15940)ning tahlil jarayonlarida ishtirok etishdi.

Tashrif yakunida "Uzbekistan GTL" zavodining ishchilar shaharchasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|