May 19, 2023

“O‘zbekneftgaz”: “O‘zbekiston neft va gazi - OGU-2023” 25-xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Ruscha

Avval xabar berilganidek, ayni paytda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ xorijiy kompaniyalar va moliya institutlar bilan neft-gaz sanoati sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishda davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ hamda Rossiya kompaniyalari – “Tatneft” hamda “Majorpack” vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ gaz quvurlariga himoya qoplamasini qo‘llash bo‘yicha “Majorpack” kompaniya xizmatlarini xarid qilish imkoniyatlarini yanada o‘rganish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tataristonning "Tatneft" kompaniyasi vakillari bilan muzokaralarda tomonlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik aloqalari, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar barcha yo‘nalishlarda ishchi guruhlarining faol faoliyatini kuchaytirish zarurligiga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma joriy yilning 19 va 20 may kunlari o‘z ishini davom ettiradi. Ushbu tadbir doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘p yillik hamkorlari, salohiyatli investorlar hamda xizmat va uskunalar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|