April 7
“Sog‘lom oila uchun birlashaylik”
Poytaxtda “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport tadbirida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.
Aksiya doirasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari va 5000 qadamlik ommaviy sayr tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarni sog‘lom turmush tarziga, ommaviy sportga jalb etishdan iborat.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan har yili an’anaviy tashkil etib kelinayotgan ushbu tadbir orqali ayollar sport bilan faol shug‘ullanish orqali sog‘liqlariga e’tiborli bo‘lishga chaqiriladi.
April 7, 05:27
0 views
0 reposts