July 22

2024 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar haqida

Ruscha

2024 yil 1-yarim yilligida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan uglevodorod konlarini samarali va maqsadli ishlatish, ularda tabiiy gaz va suyuq uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarishni oshirish, mavjud quduqlarning bir maromda ishlatilishini ta’minlash hamda yangi konlar ochish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha samarali natijalarga erishildi.

O‘tgan davr mobaynida uglevodorodlarni qazib chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish uchun, 43 ta quduq burg‘ilandi.

Ustyurt hududida chuqur yura qatlamlarining gazga istiqbolliligini o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston tarixida ilk bor chuqurligi 5500-6500 metr bo‘lgan “Quyi Surgil” konidagi 11-sonli, “Sarijol” konidagi 1-sonli va “Gʻarbiy Quyi Surgil” konidagi 1P-sonli quduqlarda burg‘ilash ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

Shuningdek, 40 ta quduqda kapital ta’mirlash ishlari va 20 ta texnologik chora-tadbir bajarildi. Jumladan, “Sho‘rtan” konida Xitoyning “Jereh” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda 5 ta kichik kompressor stansiyasi ishga tushirildi.

Konlarda 4 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilib foydalanishga topshirildi.Tabiiy gaz uzatish barqarorligini ta’minlash uchun gaz transport tizimida 56,4 km gaz quvuri qurildi.

846,7 ming tonna uglevodorod xom ashyosi qayta ishlanib, 525,9 ming tonna avtobenzin, 307,6 ming tonna dizel yonilg‘isi, shundan “GTL” dizel yonilg‘isi – 184,3 ming tonna, 98,3 ming tonna aviakerosin, shundan “GTL” kerosini – 50,9 ming tonna va “GTL” nafta - 121,5 ming tonna ishlab chiqarildi.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida 333,3 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, prognoz 109,7 foizga bajarildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook