March 12

“UzGasTrade” AJga sotiladigan tabiiy gaz narxi o‘zgarаdi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan gaz qazib chiqarish barqarorligini ta’minlash, geologiya qidiruv ishlari hamda texnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda xalq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2024 yilning 1 aprelidan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ va “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ tomonidan “UzGasTrade” AJga sotiladigan tabiiy gaz narxi 1 ming kub metr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda 450 000 so‘mdan 600 000 so‘mga oshirilishi belgilangan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook