“O‘zbekneftgaz” AJ – yosh olimlar bilan birga innovatsiyalar sari!
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan xodimlar o‘rtasida ijodiy tashabbus va ishbilarmonlikni rag‘batlantirish, innovatsion startap loyihalar hamda ratsionalizatorlik takliflarni rivojlantirish, sohadagi muammolar yechimiga yosh mutaxassislarni jalb qilish maqsadida qator tanlovlar tashkil etib boriladi.
Jamiyat Boshqaruv raisining tashabbusi bilan e’lon qilingan “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklif” va “Eng yaxshi texnologiyalar transferi” tanlovlarida 40 yoshga to‘lmagan individual va jamoaviy (2-4 kishi) ishtirokchilar qatnashishdi.
Tanlovga jami 20 ta loyiha taqdim etildi va ular “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ elektron manzili orqali 2025 yil 1 aprelga qadar qabul qilindi. Taqdim etilgan loyihalar tanlov hay’ati tomonidan maxsus baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqildi va yuqori ball to‘plagan loyihalar saralandi.
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan final bosqichida saralangan nomzodlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan eng yaxshi loyihalar g‘olib deb e’lon qilindi.
“Eng yaxshi innovatsion g‘oya”
“Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi”
1-o‘rin - Xumoyun Xudayorov
2-o‘rin - Nasiba Abduraxmanova
“Eng yaxshi texnologiyalar transferi”
1-o‘rin - Yunus Xaydarov
2-o‘rin - Bekzod Xaydarov
3-o‘rin - Abdumalik Xoliqov
Ta’kidlash joizki, tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar bir martalik mukofot puli bilan rag‘batlantiriladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ular loyihalarini laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish hamda korxonalarda tadbiq etishda yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, grant dasturlariga arizalar tayyorlashda tegishli mutasaddi organlarga taqdimnomalar kiritishga ko‘maklashiladi.
Ko‘rgazma doirasida g‘oliblar o‘z loyihalarini Yoshlar ittifoqi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsiyalarni rivojlantirish agentligi va tadbirkorlarga taqdim etdi.
Ushbu taqdimotlar yosh olimlarga o‘z g‘oyalarini amaliyotga joriy etishda muhim hamkorlar topish imkonini berdi. Tadbirda shuningdek, soha mutaxassislari va investorlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Bu esa loyihalarning tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ushbu tashabbus nafaqat yosh mutaxassislarni rag‘batlantiradi, balki sohada innovasion yondashuvlarni joriy qilishga ham katta turtki beradi.