July 28, 2023

Ikki tomondan ham elektr energiyasini ishlab chiqaradigan quyosh paneli yaratildi

Ruscha

AQSH Energetika vazirligining qayta tiklanadigan energiya milliy laboratoriyasida ikki tomondan ham elektr energiyasini ishlab chiqaradigan quyosh paneli yaratildi.

Panelning orqa tomoni old tomoniga qaraganda 90 foizdan ko‘proq energiya ishlab chiqaradi.

Ushbu yondashuv quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kremniy yarimo‘tkazgichli materialdan ishlangan quyosh panellarining zamonaviy texnologiyalari 26 foiz samaradorlikka ega, bu yangi panelning old tomonidagi laboratoriya sinovlarida erishilgan 23 foizdan yuqori. Ammo ikki tomonlama panelda orqa tomon old tomonga nisbatan 91-93 foizga samaradorlik bilan qo‘shimcha elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu esa panelning umumiy rentabelligini 20 foizga oshiradi.

Ikki tomonlama quyosh panellarini ishlab chiqarish bir tomonlamasiga qaraganda ko‘proq mablag‘ talab etadi. Ammo ularning ko‘proq elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati vaqt o‘tishi bilan ularning samaradorligini ko‘rsatadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube