August 26

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida favqulodda holatlarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Maqsad favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda majmuaning boshqaruv organlari, qutqaruv tuzilmalari va hamkor tashkilotlar harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, ishchi-xodimlar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalarni oshirish.

O‘quv mashg‘uloti davomida ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati tomonidan xabarlarni tezkor yetkazish tartibi, favqulodda vaziyat hududidan jabrlanganlarni olib chiqish va tibbiy yordam ko‘rsatish, radiasion xavfsizlik bilan bog‘liq avariyaviy holatlarni bartaraf etish, qo‘riqlanadigan obyektlarga noqonuniy kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi harakatlar kabi yo‘nalishlarda amaliy mashqlar bajarildi.

Tadbirda jamiyatning fuqarolar muhofazasi tuzilmalari, maxsus qutqaruv bo‘linmalari, tibbiyot xodimlari va qo‘riqlash xizmatlari ishtirok etdi. Ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali avariyaviy vaziyatlarni bartaraf etish, jabrlanganlarga tezkor yordam ko‘rsatish va obyekt xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tajriba mustahkamlandi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati