Birinchi yarim yillikda 2,2 milliard kub metr xom-ashyo gazi chuqur qayta ishlandi
2025 yilning yanvar–iyun oylari davomida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda belgilangan reja topshiriqlari o‘z vaqtida va ortig‘i bilan bajarildi.
Hisobot davrida majmuada 2 mlrd 187 mln kub metr (rejaga nisbatan 109%) tabiiy gaz xomashyosi chuqur qayta ishlandi.
Ushbu jarayonlar natijasida quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarildi:
• Tozalangan tabiiy gaz – 1 milliard 845 million kub metr, rejaga nisbatan 109%;
• Polietilen granulasi – 71 686 tonna, rejaga nisbatan 112%;
• Suyultirilgan gaz – 66 851 tonna, rejaga nisbatan 119%;
• Gaz kondensati – 54 098 tonna, rejaga nisbatan 118%;
• Oltingugurt granulasi – 570 tonna, rejaga nisbatan 112%;
Ushbu natijaga ishlab chiqarish jarayonlarining izchil tashkil etilishi, uskunalarning o‘z vaqtida ta’mirlanishi va mehnat jamoasining mas’uliyatli munosabati samarasida erishildi.