December 10, 2024

Xodimlar “Yashil makon” loyihasida faol qatnashib jonbozlik ko‘rsatishmoqda

Energetika vazirligi hamda Respublika Bosh prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ma’lumki mazkur masala yuzasidan davlatimiz rahbari huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda berilgan ko‘rsatma asosida davlat xizmatchilari tomonidan tashabbus ko‘rsatish topshirig‘i berilgan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi boshqarma va korxonalar hamda boshqaruv apparati departament xodimlari ham dam olish kunlari o‘zi yashayotgan hududlarida har xil turdagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekishib, jonbozlik ko‘rsatishdi.

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan umummilliy loyiha doirasida Jamiyat tasarrufidagi korxonalar rahbar va ishchi-xodimlari tomonidan ham ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook