“Uzbekistan GTL” mahsulotlari Xitoyda namoyish etildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” zavodi xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Gansu provinsiyasida bo‘lib o‘tgan “Finechem China 2023 International Fine Chemical Industry Expo” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro ko‘rgazma neft va gaz korxonalari uchun ilg‘or texnologiya va uskunalar bilan tanishish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, yetakchi xorijiy kompaniyalar o‘rtasida tajriba almashishga qaratilgan. Unda dunyoning yetkachi kompaniyalaridan 400 dan ortiq vakillar qatnashdi.
O‘zbekiston uchun ajartilgan pavilonda “Uzbekistan GTL” mahsulotlari namoyish etildi, zavodning ishlab chiqarish quvvatlari hamda kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari “Rezel Catalysts Corporation” va “Glory Now Energy” korxonalari bilan kimyoviy mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi.
Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodining nafta mahsulotiga qiziqish bildirgan Xitoyning “Lexiang Petrochemical” va “Jinyingchem” korxonalari vakillari bilan o‘zaro fikr almashildi.
Delegatsiya a’zolari Xitoyning “Lanzhou Lan PumpCo Ltd” zavodining nasos ishlab chiqarish maydonlariga ham tashrif buyurishdi.