May 20, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Yosh mutaxassislar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Ruscha

“O‘zbekiston neft va gazi - OGU-2023” 25-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi - UEF-2023 doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda faoliyat olib boruvchi yosh mutaxassislar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada jami 35 ta jamoa qatnashdi, finalga 15 jamoa chiqdi.

Ishtirokchilarga har bir savol uchun 60 soniyadan vaqt ajratildi.

Intellektual o‘yinni ochiq va shaffof o‘tkazish uchun betaraf nazoratchilar tanlab olindi. O‘yin qoidalariga ko‘ra, jamoalar ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga qarab hisoblab chiqildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan aql musobaqasida birinchilikni “Uz-Kor Gas Chemical” jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni “O‘zbekneftgaz” jamoasi, 3-o‘rinni esa “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” jamoasi egallashdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan g‘oliblar noutbuk, qo‘l telefonlari va plashetlar bilan taqdirlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|