September 8, 2023

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ekologik tadbir o‘tkazildi

Ruscha

Joriy yilning 10 avgustidan 10 sentyabrigacha O‘zbekiston bo‘ylab “Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga tashlanuvchi zararli gazlar miqdorini kamaytirish maqsadida Buxoro viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi bilan hamkorlikda Avtonaqliyot sexida ekologik tadbir tashkillashtirildi.

Unda haydovchilarga ekotadbir va atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha tushunchalar berildi, targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, benzin, dizel yonilg‘isi, siqilgan va suyultirilgan tabiiy gazda harakatlanadigan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar (gazoanalizatorlar) orqali ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ekotadbir doirasida 35 dan ortiq avtotransport vositasi ko‘rikdan o‘tkazildi. Uning natijasiga ko‘ra, barcha transport vositalarining soz holatda ekanligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatda 4 mln ga yaqin avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, shundan 100 mingtasi nosoz hisoblanadi. Ulardan atmosferaga bir yilda o‘rtacha 1,3 mln tonna zararli tashlamalar tashlanadi. Bu umumiy tashlamalarning 63,0 foizini tashkil etadi.

“Buxoro NQIZ” MCHJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube