Vakant lavozimlar uchun tanlov
“O‘zbekneftgaz” AJ Kreditorlar va reyting agentliklari bilan ishlash departamentiga Kredit majburiyatlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:
• ma’lumoti: oliy (bakalavr yoki magistratura, xorijiy oliy o‘quv yurtini tamomlaganlarga ustunlik beriladi);
• mutaxassisligi: Iqtisodiyot, moliya, bank ishi;
• tillarni bilishi: O‘zbek, rus tili - majburiy, ingliz tili – ma’qullanadi(IELTS sertifikati asosida)
• kompyuter savodxonligi: Mukammal foydalanuvchi (Microsoft Office, Excel, Power Point ofis programmalari);
• ish tajribasi: O‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yil;
Nomzodlar neft va gaz, moliya, iqtisodiyot, bank yoki davlat idoralari sohasida, xalqaro moliya institutlarida ish tajribasi bo‘lganlarga ustunlik beriladi.
• Iqtisodiy, moliyaviy va tahliliy qobiliyatlarga ega bo‘lish. Zamonaviy fikrlash, soha bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
• Mas’uliyat, vijdonlilik, mehnatsevarlik, maqsadga muvofiqlik, stressga chidamlilik talab etiladi.
Nomzodlar 2025 yil 11 martga qadar rezyume/anketalarini ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.