May 26

“Madad bo‘l” donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Ruscha


“O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar yetkachilari tashabbusi bilan navbatdagi “Madad bo‘l” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, yordamga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, xodimlar o‘rtasida insonparvarlik va mehr-oqibat fazilatlarini targ‘ib qilish Jamiyat tomonidan an’anaga aylangan.

Navbatdagi donorlik aksiyasida 30 nafardan ziyod xodim ixtiyoriy ravishda ishtirok etib, bemorlarning sog‘ayishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati