May 14

Energiya tejamkorlik — bolalar ijodida!

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ hamda unga qarashli korxonalar xodimlarining 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan farzandlari o‘rtasida “Energiya tejamkorlik Yangi O‘zbekiston bolalarining nigohida” mavzusida ijodiy tanlov o‘tkazildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod orasida energiyani tejash, “yashil” iqtisodiyot, ekologik madaniyat va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish uyg‘otish, shu orqali ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlovga jami 50 dan ortiq ish — rasmlar, kostyumlar va maketlar taqdim etildi. Ular “Quvvat” multseriali mavzusi va energiya tejamkorlik g‘oyasini o‘zida aks ettirdi.

Gʻoliblar quyidagi yo‘nalishlarda aniqlandi:

“Energiyani tejash – mening nigohimda” mavzusida rasmlar tanlovi (6–9 yosh):
1-o‘rin – Sorabegim Hakimova;
2-o‘rin – Faxriddin Faxriddinov;
3-o‘rin – Amirxon Rashidxonov.

“Dunyo energiyasi sening qo‘llaringda” mavzusidagi eng yaxshi libos (kostyum) tanlovi (10–12 yosh):
1-o‘rin – Azizbek Maʼrufov;
2-o‘rin – Durdona Erkinova;
3-o‘rin – Nafisa Sоdiqova.

“Aqlli energiya bilan kelajak”, “Ijod orqali energiya”, “Yoshlar nigohida eko-energiya”, “Energiyani asrab, kelajakni yaratamiz” mavzularidagi eng yaxshi maket tanlovi (13-16 yosh):
1-o‘rin – Hamidulla Saydullayev;
2-o‘rin – Raʼno Erkinova;
3-o‘rin – Gulsanam Gazieva.

Gʻoliblar “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida diplom va mavzug‘a mos esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tanlovda qatnashgan barcha ijodiy ishlar ko‘rgazma ekspozisiyasida namoyish etilmoqda.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati