March 6, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Mutaxassislar “Daunstrim Qozog‘iston va Markaziy Osiyo 2023” konferensiyasida ishtirok etishdi

Ruscha

1 - 3 mart kunlari Qozog‘istonning Atirau shahrida “Daunstrim Qozog‘iston va Markaziy Osiyo 2023” neft va gaz sohasiga bag‘ishlangan to‘qqizinchi konferentsiyasi o‘tkazildi.

Anjuman tashkilotchisi “Vostock Capital” kompaniyasi tashkiliy qo‘mitasi taklifiga asosan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “Uzbekiston GTL”, Sho‘rtan gazkimyo majmuasidan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ushbu anjuman xalqaro neft-gaz sohasi mutaxassislari uchun tajriba almashish platformasi sifatida o‘z mavqeiga ega bo‘lgan tadbir hisoblanadi. Unda har yili Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi hamda boshqa davlatlardan jami ikki yuzdan ziyod neft va gaz sohasidagi mutaxassislar yig‘iladi.

Joriy yilda o‘tkazilgan tadbir doirasida neft va gazni qayta ishlash miqyosidagi loyihalar taqdimotlari, loyihalarni moliyalashtirish, neft va gaz tarmog‘i kooperatsiyasi, innovatsiya, neft va gazni qayta ishlash zavodlari istiqbollari masalalarini ko‘rib chiqildi.

“Markaziy Osiyo davlatlari va Qozog‘iston Respublikasi – davlatlar strategiyasi va neftgaz sanoati kompaniyalari rivojlanishi bo‘yicha rejalar” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir doirasi muhokamalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

Anjumanda “O‘zbekneftgaz” AJ Neft mahsulotlari logistikasi hamda Gazni qayta ishlash va gazkimyo departamentlari boshliqlari tomonidan “O‘zbekiston neft va gazni qayta ishlash tarmog‘i” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilgan Atirau neftni qayta ishlash zavodida bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|facebook|instagram|telegram|