“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil Barqaror rivojlanish hisoboti e’lon qilindi
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yilgi Barqaror rivojlanish hisoboti e’lon qilindi. U kompaniyaning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi faoliyatini o‘zida aks ettirgan.
Hisobot Global Reporting Initiative (GRI) barqaror hisoboti standartlariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, 93 ta ko‘rsatkich xalqaro standartlariga muvofiq to‘liq oshkor qilindi.
Hisobotning asosiy xulosalari “O‘zbekneftgaz” AJning BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi, uning ESG (Ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) transformatsiyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, kompaniyaning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri, korporativ boshqaruv, xaridlar amaliyoti va mahalliylashtirishni qamrab oladi.
To‘liq hisobot bilan Jamiyatning rasmiy veb-saytining “ESG” bo‘limida tanishish mumkin: https://www.ung.uz/esg/esg_database