February 18
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi xodimasi ilmiy tanlov g‘olibi bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasida “Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, “Olima ayollar” va “Ixtirochi ayollar” uyushmalari hamkorligida tashkil etildi.
Unda ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashildi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan ilmiy ko‘rik-tanlovda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi xodimasi Nasiba Abdurahmonova “Fundamental fanlarga qo‘shilgan hissa” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
February 18, 04:45
0 views
0 reposts