March 24

“Oʻzbekneftgaz” AJda standartlashtirish tizimi yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Prezidentning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyat rahbarining o‘rinbosari hamda tizim korxonalarning bosh muhandislariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi Sifat menejeri (Quality Manager) vazifalari yuklatildi.

Mazkur vazifa doirasida texnik va texnologik reglamentlar talablariga muvofiqlikni taʼminlash, xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish jarayonlarini tashkil etish, metrologik nazoratni kuchaytirish hamda integratsiyalashgan sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur islohotlar “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida:

- ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
- mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash,
- eksport salohiyatini kengaytirish,
- xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yaxshilash,
-hamda korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, sifat menejmenti tizimini kuchaytirish orqali xavflarni boshqarish, resurslardan samarali foydalanish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlari kengayadi.

Ushbu yondashuv ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlash hamda Jamiyat faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishga xizmat qiladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati