October 24
“O‘zbekneftgaz” AJ firibgarlar tuzog‘idan ogohlantiradi
Internet tarmoqlarida “O‘zbekneftgaz” AJga sarmoya kiritish orqali, mo‘may daromad topish imkoni paydo bo‘lgani haqida navbatdagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.
Hurmatli fuqarolar “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bu ma’lumotga “O‘zbekneftgaz” AJning mutlaqo aloqasi yo‘q.
Yolg‘on chaqiriq qilgan firibgarlar sizning telefon raqam yoki plastik kartalaringizdan pul yechib olishga urinishlari mumkin.
“O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati bilan bog‘liq rasmiy xabarlar bilan faqat aksiyadorlik jamiyatining www.ung.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi (instagram, telegram, youtube, facebook) rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.