S&P Global Ratings «O‘zbekneftgaz» AJning kredit reytingini «B+» darajasida «barqaror» prognoz bilan tasdiqladi
2024 yil 9 dekabr – S&P Global Ratings agentligi «O‘zbekneftgaz» AJning uzoq muddatli kredit reytingi 'B+' darajasida tasdiqlanishini va prognozni salbiydan barqarorga qayta ko‘rib chiqishini e’lon qildi. Ushbu qaror kompaniyaning likvidlikni boshqarish va kelgusi yillarda moliyaviy ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘zgarishlari asosida qabul qilindi.
Agentlik o‘z hisobotida prognozni o‘zgartishga sabab bo‘lgan bir qator asosiy omillarni ta’kidlagan:
Likvidlikning yaxshilanishi: Barqaror prognoz kompaniyaning likvidlikni boshqarishdagi muvaffaqiyatli sa’y-harakatlarini aks ettiradi. Xususan, hukumatning qarzlarni qayta moliyalashtirishdagi yordami likvidlik va moliyaviy resurslar yetishmasligi xavfini kamaytirmoqda. Shuningdek, «Qarzni to‘lashni tartibga solish rejasi» doirasidagi qarz va moliyaviy majburiyatlarni restrukturizatsiya qilish qarz va likvidlik holatini sezilarli darajada yaxshiladi.
EBITDA va pul oqimi o‘sishi: 2024 yilda EBITDA ko‘rsatkichining oshishi, 2025-2026 yillarda yanada o‘sish kutilmoqda, bu gaz tariflarining oshishi va qo‘shma korxonalardan olinadigan dividendlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, GTL zavodining ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq yuklanishi kompaniyaning moliyaviy natijalarini ijobiy ta’sir qiladi.
Qarz yuki va sarmoyalar: 2024-2026 yillarda kompaniya ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va gaz kondensati ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun katta sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu sarmoyalar tariflarning oshishi bilan birgalikda kompaniyaning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga yordam berishi kutilmoqda.
Agentlik, istiqbolda «O‘zbekneftgaz» AJ reytingini 'BB-' darajasiga ko‘tarish uchun kompaniya likvidlik va moliyaviy natijalarni yaxshilashni davom ettirishi, EBITDA ko‘rsatkichini oshirishi, samarali qarz boshqaruvini amalga oshirishi va Hukumat tomonidan qarzlarni qayta moliyalashtirish ko‘magi zaruriyatini ta’kidlaydi.