October 21
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi
Bugun, 21 oktyabr, poytaxtdagi Adiblar hiyobonida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan tantanali adabiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda turli davlat va jamoat tashkilotlari qatori "O‘zbekneftgaz" AJ xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Jamyat vakillari buyuk alloma, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
Tantanali tadbirda ishtirok etganlar o‘zbek tilining boy ilmiy va madaniy merosi, unda yaratilgan asarlarning dunyo adabiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etishdi. Turli millat va elat vakillari ham o‘zbek tilida chiqishlar qilishdi.