June 3

“Air Products” “Uzbekistan GTL” zavodida

Ruscha

“Air Products” kompaniyasining Bosh operasion direktori Samir J. Serjax boshchiligidagi delegatsiya a’zolari "Uzbekistan GTL" zavodida bo‘lib, sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilish holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida “GTL” zavodida ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarni tayyorlashning joriy holati, ularning sifati va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Delegatsiya vakillari zavodning zamonaviy boshqaruv panellari orqali 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi, "Uzbekistan GTL" MCHJ Bosh direktori hamda "Air Products" kompaniyasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzorakada hamkorlikdagi kelgusi rejalar haqida kelishib olindi.

"Uzbekistan GTL" MCHJ PR xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook