February 25

Obyektlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi nazoratdan o‘tkazildi

Ruscha

“Taxiatosh neft bazasi” MCHJ va “Kuchlik neft bazasi” MCHJda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda maxsus tuzilmalarning harakatini nazoratdan o‘tkazuvchi maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘quv mashqlarining asosiy maqsadi – tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda obyektlarning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va rahbariyatining faoliyatini sinash, ularning o‘z vaqtida va samarali harakatlarini ta’minlashdir.

Mashqlar davomida tezkor xizmatlarga xabar berish va ularni yig‘ish, tayyorgarlik holatini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga reaksiya qilish vazifalarini amalga oshirishga e’tibor qaratildi.

Mashqlar so‘ngida mutaxassislar tomonidan “Taxiatosh neft bazasi” MCHJning “Qo‘ng‘irot” filiali va “Kuchlik neft bazasi” MCHJning “Bekobod” filiali fuqaro muhofazasi tuzilmalarining amalga oshirgan harakatlari muhokama qilindi. Bilim, shartli xabarlar va tezkor harakatlarning natijalari baholandi. Natijada, har ikki filialning fuqaro muhofazasi tuzilmalari favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va zarur choralarni ko‘rishga “TAYYOR” deb baholandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook