Kuz mavsumida 119 ming tup daraxt va buta ko‘chati ekildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz mavsumida ham daraxt ko‘chatlari ekilishi belgilangan edi.
Ekilayotgan daraxt ko‘chatlari hududlar iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Bu borada Ilmiy tadqiqot institutlari tavsiyasi bilan suvsizlik va iqlim sharotiga chidamli gujum, qayrag‘och, saksovul, tuya, katalpa, zarang, shumtol, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabi daraxt novdalari ekilishi belgilangan.
Joriy yilning 15 oktyabridan boshlab, shu kunga qadar tizimdagi boshqarma va korxonalar tomonidan jami 119 594 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chati ekildi.
Yil davomida jami 348 565 dona ko‘chat ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 367 127 ta ekildi.
Suvdan oqilona foydalanish maqsadida 388 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi.