Konstitutsiya – inson qadri va adolat kafolati
Konstitutsiyamizning 33-yilligini munosabati bilan bugun I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida “Oʻzbekneftgaz” AJ Yuridik departamenti tomonidan maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda soha mutaxassislari, tizim korxonalarining masʻul xodimlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Maʼruzachilar yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, islohotlarning huquqiy asoslari va jamiyat hayotidagi oʻrni haqida soʻz yuritdi.
Qayd etiganidek, yangilangan Konstitutsiya oʻtgan yillardagi yutuqlarni mustahkamlab, ularning ortga qaytmas boʻlishini kafolatlaydi. Oʻtgan davrda iqtisodiyotdan tortib inson huquqlarigacha boʻlgan sohalarda katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Endi ushbu yutuqlar konstitutsiyaviy darajada himoya qilinishi, eng muhimi — jamiyatning barcha qatlamlari islohotlarda oʻz ovoziga ega boʻlish e’tirof etildi.
Konstitutsiyaviy islohotlar davlat xizmati va ishlab chiqarish sohalarida masʻuliyatni oshirishi, huquqiy madaniyatni mustahkamlashi, professional jamoalarda qonuniylik muhitini kuchaytirishi ta’kidlandi.
Ushbu uchrashuv Konstitutsiyani chuqur oʻrganish, undagi qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish, shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida huquqiy madaniyatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbirlar tizim korxonalarida davom ettirilmoqda.