December 26, 2024

Bolajonlar uchun “Quvvat” multseriali qahramonlari asosida komikslar chop etildi

Ruscha

Yangi yil bayramiga tuhfa sifatida umumta’lim maktablariga bepul tarqatildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ energiya resurslarini tejash madaniyatini bolalardan boshlab shakllantirishga harakat qilmoqda. Xabaringiz bor, Jamiyat tomonidan tayyorlangan “Quvvat” multserialida eng avvalo, suv, gaz va elektr energiyasini tejash hamda undan unumli foydalanish bo‘yicha ibratli maslahatlarga e’tibor qaratilgan.

Endi multfilm qahramonlari asosida kitobsevar bolajonlar uchun komikslar tayyorlandi va 6000 nusxada chop etildi. Yangi yil bayramiga tuhfa sifatida poytaxtdagi umumta’lim maktablariga bepul tarqatildi.

"Quvvat" risolasida ham energiyani tejash bo‘yicha amaliy maslahatlar mavjud. Bu yosh avlodni energiyani tejash jarayoniga jalb qilish va resurslarga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishning ajoyib usuli.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook