December 6, 2024
Hamkorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
“Air Products” kompaniyasining Volfgang Brend loyihasini amalga oshirish va texnikaviy masalalar bo‘yicha Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya a’zolari "O‘zbekneftgaz” AJ ga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda yangi saylangan Volfgang Brend kompaniyalar o‘rtasidagi yangi istiqbolli va mavjud investision loyihalar holati bo‘yicha fikr almashildi.
Delegatsiya "Uzbekistan GTL" zavodida ham bo‘lib, bitta tarmoqda olib borilayotgan ishlab chiqarish texnologik jarayonlari
va ikkinchi tarmoqda olib borilayotgan rejaviy mukammal ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan muzorakada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rejalari va istiqbolli loyihalar haqida kelishib olindi.
December 6, 2024, 08:52
0 views
0 reposts