September 27, 2024

Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman o‘tkaziladi

Ruscha

Joriy yil 10-11 oktyabr kunlari “O‘zbekneftgaz” AJ va Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamkorligida "Neft va gazni qayta ishlash, kimyoviy texnologiya va ekologiya sohasida kolloid kimyoning o‘rni" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Akademik Karim Ahmedovning 110 yilligiga bag‘ishlangan mazkur tadbir, davlatimiz rahbarining 2022-yil 7 iyuldagi “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini xalqaro miqyosida targ‘ib etish maqsadida tashkil etilmoqda. Anjuman doirasida fundamental va innovatsion loyihalar muhokama qilinadi, shuningdek, ishlab chiqarish xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etiladi.

Tadbirda 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis ishtirok etishi kutilmoqda, shu jumladan Janubiy Koreya, Meksika, Hindiston, Xitoy, Polsha va Rossiyadan nufuzli ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ham qatnashish istagini bildirgan.

Anjuman davomida ilmiy tezislar va maqolalar muhokama qilinadi hamda ularning eng yaxshilari respublika va nufuzli xorijiy jurnallarda chop etiladi.

Anjumanda o‘z tezislari bilan qatnashish istagini bildirgan mutaxassislar va yosh olimlar joriy yilning 5 oktyabrga qadar talabnoma shaklini to‘ldirgan holda quyidagi - ionx_conference@umail.uz elektron pochtasi va @Colloid24 telegram boti manzillarning biriga yuborishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Innovasion faoliyat bo‘limi (tel.:71 207-2772, ichki 22-76) va Umumiy va noorganik kimyo instituti Neft kimyosi laboratoriyasi (tel.: 99 220-9726)ga murojaat qilish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook