“O‘zbekneftgaz”: Muborak gazni qayta ishlash zavodiga quvvati 600 kVt bo‘lgan quyosh panellari va 1400 L quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli ob’yektlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari, quyosh suv isitish qurilmalari va quyosh panelli yoritgichlar) keng joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Rejaga muvofiq, joriy yilning iyun oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodi ob’yektlarida yoqilg‘i-eneriya resurslarini tejash uchun umumiy quvvati 600 kVt quyosh foto elektr stansiyalari, umumiy hajmi 1400 L quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Mazkur qayta tiklanuvchi energiya manbalari tomonidan yiliga 1,14 mln. kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Ayni paytda zavod tasarrufidagi ob’yektlarning ma’muriy hamda ijtimoiy soha binolarining ehtiyoji uchun sarflanayotgan elektr energiyasining 30-40 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda.