January 9

Eng yaxshi ratsionalizatorlar aniqlandi

Ruscha

Xodimlar ijodiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodining eng yaxshi ratsionalizatori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Jarayonlarni raqamlashtirish, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ikkilamchi resurslardan samarali foydalanish, yonilg‘ini tejash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish, mahsulot sifatini oshirish va yangi turlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlardagi 36 ta ratsionalizatorlik taklif kelib tushdi.

Nomzodlarning har biri o‘z taklifining yangiligi, texnik va tashkiliy yechimi, ilmiy-texnik darajasi, kutilayotgan yoki olingan natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.

Komissiya natijalariga ko‘ra, nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘ringa J.Jumayev, ikkinchi o‘ringa A.Saidov, uchinchi o‘ringa B.Pirnafasov takliflari loyiq topildi. I.Saydalimov va D.Xomidovlarning takliflari “Eng yaxshi yosh ratsionalizator”lar naminatsiyasining birinchi va ikkinchi o‘rinlariga munosib ko‘rildi.

“Buxoro NQIZ” MChJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook