March 14

O‘quvchilar ishlab chiqarish obyektlarida

Ruscha

Prezidentning “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etilgan.

Ta’lim-ishlab chiqarish klasteri bir qator universitetlar, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va ixtisoslashgan markazlarning hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Ushbu klaster doirasida ishlab chiqarish va ta’limni mukammal integratsiya qilish, mutaxassislarning amaliyotdagi tajribalarini oshirish kabi bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Toshkentdagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining akademik litseyi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari uchun "O‘zbekneftgaz" AJning Markaziy apparatiga tashkil etilgan ekskursiyalar, ayni paytda klasteridagi ishlab chiqarish jarayonlar hamda texnologiyalar bilan yaqindan tanishishga imkon yaratdi.

Ekskursiyaning birinchi qismda, tashrif buyurgan o‘quvchilarga neft-gaz konlari geologiyasi, quduqlarni burg‘ilash va uglevodorod xom ashyolarini qazib olish jarayonlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Ikkinchi qismda, ularga neftni qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, Ta’lim klasteriga kiruvchi Gʻuzor tumanidagi 68-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumiy ta’lim maktabining 20 nafar o‘quvchilari uchun amalga oshirilgan ekskursiyada “Uzbekistan GTL” MCHJ, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ va Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining ishlab chiqarish imkoniyatlari va muammolari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ekskursiyaning maqsadi – o‘quvchilarning sohaga qiziqishini yanada oshirish va ularga kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.

Tadbir davomida, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari faxriylari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Mutaxassislar va soha faxriylari o‘quvchilarning savollariga javoblar berish orqali, ularning sohaga bo‘lgan qiziqishini mustahkamladilar va neft-gaz sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, innovatsiyalar haqida to‘liq ma’lumotlar berishdi.

"O‘zbekneftgaz"AJ Axborot xizmati