December 13, 2023

“Uzbekistan GTL” zavodi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Ruscha

“Uzbekistan GTL” zavodi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan “CSSOPE 2023” sammitida ishtirok etdi.

“Bir kamar – bir yo‘l”tashabbusi doirasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sammitda neft, gaz va kimyo sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari ishtirok etishdi.

Unda “Uzbekistan GTL” zavodi mintaqadagi eng yirik investisiya loyiha sifatida e’tirof etildi. Megaloyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilish tajribasi alohida namoyish etildi va zavod “Purchaser Superstar” mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari nufuzli yirik kompaniyalar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini muhokama qildilar.

Sammit kun tartibiga ko‘ra, ishtirokchilar Xitoydagi neft-kimyo sanoati uchun asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi “Baowu Special Metallurgy Co., Ltd” va “Dragon Industries” kompaniyalariga qarashli dunyoga mashhur zavodlarga tashrif buyurdi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR-xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook