Mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi guruhi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida amalga oshirilayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
O‘rganishlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar majmuadagi 8 ta texnologik qurilma mukammal va joriy ta’mirlandi. 4 ta bug‘ qozoni, 84 ta sig‘im, 3 ta dizel elektr stansiyasi, 6 ta gaz taqsimlash punkti ko‘rikdan o‘tkazildi. 220 metr issiqlik tarmog‘i izolyasiya qilindi.
Oktyabr oyida rejalashtirilayotgan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha moddiy texnik resurslar va ehtiyot qismlar tayyor holatga keltirilgan. Texnologik qurilmalarni sifatli ta’mirlash natijasida ularning kuz-qish mavsumida to‘xtovsiz, barqaror ishlashi va belgilangan reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlashga erishiladi.
Mas’ullarga mavsumga tayyorlik yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.