“Korrupsiyani birgalikda yengamiz” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJ Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga qarshi!” mavzusida ijodiy tanlovlarni o‘tkazmoqda.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etilgan:
➡️ Eng yaxshi insho
➡️ Eng yaxshi tasviriy asar
➡️ Eng yaxshi videorolik
Tanlovda ishtirok etishni xohlagan talabalar o‘z ijodiy ishlarini:
🗓 esse - 2025-yil 30-noyabrgacha,
🗓 badiiy asar va videorolik - 2025-yil 25-noyabrgacha Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari - Ibragimov San’at Muzaffarovich (@SM_Ibragimov) telegram ijtimoiy tarmog‘iga yuborishingiz lozim bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv Raisi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📱 Qo‘shimcha ma’lumot uchun Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari - Ibragimov San’at Muzaffarovich (@SM_Ibragimov)ga murojaat qilishingiz mumkin.
Mazkur tadbir iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni korrupsiyaga qarshi kurashish borasida faol ishtirok etishga undash, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri borasida huquqiy savodxonligini oshirish mustahkamlashga qaratilgan.